
«O'zneftgazmash» Aksiyadorlik Jamiyati
«O'zneftgazmash» Aksiyadorlik Jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi 2154-sonli «O'zneftgazmash» neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini «O'zneftgazmash» Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to'g'risidagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi 523-sonli «O'zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va faoliyatini yuritish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
«O'zbekneftgazmash» AJ Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan boshqariladi.
«O'zbekneftgazmash» AJ tarkibiga quyidagilar kiradi:
- «Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi» AJ, Chirchiq shahri — Bosh korxona – neftgazkimyo, neft sanoati va sanoatdagi boshqa tarmoqlar uchun asbob-uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va ularga servis xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.
- «Andijon tajriba-sinov zavodi» AJ - burg'ulash asbob uskunalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.
- «Qo'qon mexanika zavodi» AJ - neftgaz mahsulotlarini qayta ishlovchi asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
- «Buxoro ta'mirlash-mexanika zavodi» AJ - neftgaz va burg'ulash uskunlalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.