Korxoha haqida

Zavod 1963 yilda O'zbekiston SSR ning Geologiya vazirligi qoshida tashkil topgan.

Zavodning asosiy vazifasi Geologiya vazirligiga qarashli korxonalarning geologik tadqiqot va neftgaz sohasi uskunalari uchun ehtiyot qismlar, nostandart uskunalar, burg'ulash uskunalarini ta'mirlash uchun metallkonstruksiya lar ishlab chiqarishdan iborat.

1995 yilda zavod O'zbekiston Respublikasi Geologiya vazirligi tarkibidan chiqarilib, “O'zneftgazqazibchiqarish” DAJ “O'zbekneftgaz” Milliy korporatsiya tarkibiga kiritilgan.

1999 yidai “O'zneftgazmash” Aksiyadorlik kompaniyasi tashkil topgan. “O'zbekneftgaz” Milliy korporatsiyasining qarori bilan “Buxoro TMZ”i “O'zneftgazmash” Aksioyadorlik kompaniyasiga o'tkazilgan.

“Buxoro TMZ” AJ tashkil topganidan buyon quyidagilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan:

  • Tog'-burulashi anjomlarini tayyorlash;
  • Burulashi va neftgazga taaluqli asbob-uskunalarni ta'mirlash, ular uchun extiyot qismlar tayyorlash va qayta tiklash ishlari;
  • Kul rang cho'yanli mahsulotlarni quyish;
  • Nostandart mahsulotlar tayyorlash;
  • Turli vazifali metallokonstruksiyalar tayyorlash;
  • Qishloq xo'jaligi mashinalari va asbob-uskunalari uchun ehtiyot qismlar tayyorlash
  • Xalq iste'moli tovarlari ishlab-chiqarish.

Zavodning rivojlanish istiqbollari bozor kon'yunkturasini prognoz qilishda asoslanadi va zavod faoliyatidan maksimal samaralarga erishish, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar ko'lamini kengaytirish, yangi uyurtmachilarni jalb qilish uchun chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishini nazarda tutadi .

Zavoddagi afzalliklardan biri uning geografik joylashuvi bo'lib, bu iste'molchilar bilan aloqada bo'lish va maxsulotni minimal xarajatlar bilan yetkazib berish imkonini beradi.

Shuningdek zavod tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-texnik, reklama faoliyati, xalq iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, o'z maxsulotini yetkazib berish, aholiga xizmat ko'rsatish ishlarini amalga oshiradi.

Aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqargan mahsulot respublikada katta talabga ega, shuning uchun savdo orqali olingan foydan yildan yilga ijobiy o'sish tendensiyasiga ega, bu esa o'z navbatida, mablag'larni dividendlar to'lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni xal qilishga yo'naltirish imkonini yaratadi.

 

Yangiliklarga obuna

Siz yangiliklari JSC «UZNEFTEGAZMASH» obuna mumkin

So'rov

Bizning sayt sizga ma'qulmi?

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0